Hindiston OAV: O'zbekiston 2026-yilda iqtisodiyotni global investitsiyalar va savdo uchun keng yo'l ochish maqsadida islohotlarni amalga oshirish doirasida JSTga a'zo bo'lishni rejalashtirmoqda

Iyul 08, 2024. 17:21 • 3 daq

424
Hindiston OAV: O'zbekiston 2026-yilda iqtisodiyotni global investitsiyalar va savdo uchun keng yo'l ochish maqsadida islohotlarni amalga oshirish doirasida JSTga a'zo bo'lishni rejalashtirmoqda

DEHLI, 8-iyul /Dunyo" AA/. Hindistonning "Observer Research Foundation" axborot portalida Kuzatuvchi tadqiqotchilar jamg'armasi tahlilchilari Ayjaz Vanining "Hindiston va O'zbekiston o'rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlar yanada rivojlanishi kutilmoqda" sarlavhali maqolasi e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Hindiston – O'zbekiston munosabatlari ko'p asrlik madaniy aloqalarga asoslangan o'zaro hurmat va umumiy qadriyatlar negizida rivojlanib bormoqda. Dehli o'zaro munosabatlarni yuksaltirish, Markaziy Osiyo mintaqasining strategik va iqtisodiy ahamiyatini ko'rsatish uchun izchil strategiyani amalga oshirmoqda. Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining 2015-yilda O'zbekistonga tashrifi ikki davlat strategik sheriklik va iqtisodiy munosabatlarini yanada rivojlantirishga xizmat qildi, – deb ta'kidlagan ekspert. – So'nggi 10 yil ichida ikki davlat o'rtasidagi tashqi savdo aylanmasi hajmi 2014-yildagi 316,7 million dollardan 2023-yilda 689,7 million dollarga oshish tendensiyasi kuzatildi".

Maqolada Hindiston va O'zbekiston o'rtasidagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy aloqalarning uzoq tarixi Kushonlar davriga to'g'ri keldi. Tarixiy aloqalarning o'rnatilishi va rivojlanishiga Buyuk Ipak Yo'li sabab bo'lgan. Sovet Ittifoqi parchalanib, mustaqil Markaziy Osiyo davlatlari tashkil topgach, Dehli mintaqa bilan aloqalarini qayta ko'rib chiqqanligi alohida keltirilgan.

Hindistonning Markaziy Osiyo, xususan O'zbekiston bilan munosabatlarining rivojlanishiga 2019-yilda Samarqand shahrida ikki mintaqa o'rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida birinchi "Hindiston-Markaziy" tashqi ishlar vazirlari darajasidagi tarixiy muloqoti, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 va 2019-yillarda Hindistonga amalga oshirgan tashriflari Toshkentning Dehliga nisbatan tashqi siyosatidagi ustuvor yo'nalishi sifatidagi pozitsiyasini bildirdi.

Mamlakatlar o'rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun imtiyozli savdo bitimini imzolash yuzasidan ishlarni boshlash muhim.

O'zbekiston o'sib borayotgan yosh aholi salohiyatiga ega va har yili mamlakatga yangi ishchi kuchi qo'shilib borayotgan, mintaqadagi qudratli davlatdir. Iqtisodchilar O'zbekiston YAIMning real o'sishi 2024 va 2025-yillar uchun mos ravishda 5,4 va 5,5 foizni tashkil etishini prognoz qilmoqdalar.

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bozor islohotlarini tezlashtirish va milliy qonunchilikni JST kelishuvlari bilan uyg'unlashtirish bo'yicha ko'plab chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. O'zbekiston 2026 yilda iqtisodiyotni global investitsiyalar va savdo uchun keng yo'l ochish maqsadida islohotlarni amalga oshirish doirasida JSTga a'zo bo'lishni rejalashtirmoqda.

Hindiston Eronning Sistan-Balujiston viloyatidagi Chabahor portini rivojlantirish bo'yicha Tehron bilan o'zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Bundan maqsad Markaziy Osiyo hamda Yevroosiyo bilan hamkorlik aloqalari va savdoni jadallashtirishdan iboratdir.

2024-yil 13-may kuni Hindiston va Eron o'rtasida Chabahor portidan foydalanish va uni rivojlantirish bo'yicha o'n yillik shartnoma imzolandi. Ushbu kelishuvga ko'ra, "India Port Global Ltd" kompaniyasi Chabahor atrofidagi infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun taxminan 120 million dollar va kredit sifatida 250 million dollar miqdorida investitsiya kiritadi.

Erondagi Chabahor porti va imtiyozli savdo shartnomasi nafaqat tashabbuslar, balki Hindiston va O'zbekiston o'rtasidagi savdo va investitsiya hajmini ko'paytirish yo'lidagi shoshilinch va muhim qo'yilgan qadamdir.

Hindiston 2030-yilga borib 1 trillion dollargacha eksport qilish salohiyatiga ega bo'lgan yirik global ishlab chiqarish markaziga aylanishi kutilmoqda. Bu rivojlanish Hindistonning O'zbekiston va Markaziy Osiyoga eksportini sezilarli darajada oshirishi mumkin. O'zbekistonning Markaziy Osiyodagi muhim rolini inobatga olgan holda, Dehli Toshkent bilan o'sib borayotgan munosabatlarini integratsiyalashgan, kengaytirilgan qo'shnichilik siyosati nuqtai nazaridan muhim deb biladi. Hindistonning Chabahor porti bilan hamkorlikning kuchayishi Dehlining O'zbekiston va butun Markaziy Osiyo bilan o'zaro savdoni rivojlantirish uchun arzon va to'g'ridan-to'g'ri aloqalarni o'rnatish maqsadini aks ettiradi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish