Logo

"Infozakon": "Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak" tamoyili O'zbekiston siyosatining ustuvor yo'nalishi

May 22, 2024. 12:05 • 2 daq

172
"Infozakon": "Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak" tamoyili O'zbekiston siyosatining ustuvor yo'nalishi

OSTONA, 23-may. /"Dunyo" AA/. Qozog'istonning ommabop "Infozakon" elektron nashrida "O'zbekistonda davlat va xalq o'rtasidagi muloqotning o'ziga xos tizimi yaratilgan" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan "Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak" tamoyili O'zbekiston siyosatining ustuvor yo'nalishi hisoblanadi", – deyiladi maqolada.

Qayd etilishicha, tashkil etilgan Prezident virtual qabulxonalari va Xalq qabulxonalari davlat organlari va fuqarolar o'rtasidagi o'zaro hamkorlikning belgilangan tizimini tashkil etadi. Barcha darajadagi rahbarlar bilan ochiq muloqotlar va joylarda qabullar o'tkazish amaliyoti ham o'z samarasini ko'rsatmoqda.

Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari so'zsiz amalga oshirilishiga ko'maklashish maqsadida tashkil etilgan Prezident virtual qabulxonasi odamlarni o'ylantirayotgan muammolarni hal etishning samarali mexanizmiga aylangan. 2024-yil 15-may holatiga ko'ra, Prezident virtual qabulxonasiga fuqarolardan 9 million 416 ming 267 ta murojaat kelib tushgan bo'lib, shundan 9 million 328 ming 386 tasi ko'rib chiqilgan.

"O'zbekistonda davlat va xalq o'rtasida yaratilgan o'ziga xos muloqot mamlakatda turmush farovonligini yuksaltirish yo'lida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini amalda isbotlamoqda", — deb yozgan "Infozakon".

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish