Logo

O'zbekiston va O'mon parlamentlararo aloqalarni mustahkamlaydi

Noyabr 20, 2025. 16:48 • 59 soniya

37
O'zbekiston va O'mon parlamentlararo aloqalarni mustahkamlaydi

MASKAT, 20 noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi s Xatamov O'mon parlamenti quyi palatasi raisi Shayx Xolid al-Mavali bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uchrashuvda tomonlar so'nggi yillarda O'zbekiston va O'mon o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik yangi bosqichga ko'tarilganini ta'kidladilar. Shuningdek, parlamentlar hamkorligini yanada mustahkamlash, spikerlarning o'zaro tashriflarini tashkil etish, qo'mitalar o'rtasida o'zaro tajriba almashish va hamkorlik guruhlari faoliyatini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Shayx Xolid al-Mavaliy joriy yilning 5-9 aprel kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tgan Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasida ishtirok etgani va mazkur anjuman unda ijobiy taassurot qoldirganini ta'kidladi. U Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarni yuqori baholab, O'zbekiston hukumati tomonidan unga va u rahbarlik qilayotgan delegatsiyaga ko'rsatilgan yuksak e'tibor va mehmondo'stlik uchun minnatdorlik bildirdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish