Misr hukumati tomonidan taqdim etilgan "S" gepatitiga qarshi dori vositalarining navbatdagi partiyasi O'zbekistonga yetib keldi
Iyun 09, 2025. 17:52 • 51 soniya
• 188
QOHIRA, 9-iyun. /Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi va Misr Sog'liqni saqlash vazirligi o'rtasida bo'lib o'tgan muzokaralar natijasi ushbu mamlakat hukumati tomonidan O'zbekistonga insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan "S" gepatitiga qarshi dori vositalarining joriy yildagi ikkinchi partiyasi yurtimizga olib kelindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unga ko'ra, Misr tomoni umumiy qiymati 114.829 AQSh dollari bo'lgan 28 dona qutida 7440 dona "S" gepatitiga qarshi beg'araz "Sofosbuvir-400mg" dori vositasining 2025-yildagi ikkinchi partiyasini taqdim etdi.
7-iyun kuni "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi Misr hukumati tomonidan insonparvarlik ko'magi sifatida ajratilgan "S" gepatitiga qarshi vositalarini Sharm ash-Shayxdan Toshkentga yetkazib berdi.
Ushbu dori vositalari O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.
O'zbekiston elchixonasi ma'lumotiga ko'ra, 2023-2024-yillarda Misr hukumati tomonidan mamlakatimizga "S" gepatitiga qarshi kurashish uchun umumiy vazni 12,4 tonna bo'lgan "Daclatasvir" va "Sofosbuvir" dori vositalari 27 partiyada insonparvarlik ko'magi sifatida berilgan.
Mazkur dori vositalarining umumiy qiymati 1,4 million AQSh dollariga teng.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O‘zbekiston va Misr to‘qimachilik sanoatida istiqbolli kelishuvlarga erishdi
Vengriyaning nufuzli universitet va kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolandi
Reading universitetining O'zbekistonda kampusini ochish masalasi muhokama qilindi