Latviyada O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi
May 15, 2026. 19:25 • 2 daq
• 229RIGA, 19-may. /“Dunyo” AA/. Latviya Savdo-sanoat palatasida O‘zbekiston eksportchilar uyushmasi va “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ ishtirokida O‘zbekiston–Latviya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Mamlakatimizning Latviyadagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan tadbirda ikki mamlakat rasmiylari, ishbilarmon doira vakillari, eksportga yo‘naltirilgan korxonalar, logistika kompaniyalari, savdo-sanoat tashkilotlari rahbarlari va investorlar ishtirok etdi.
Forumda ishtirokchilarga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, investitsiya muhitini yaxshilash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xorijiy investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida maʼlumot berildi.
Sanoat sohasining jadal rivojlanishi, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyati, ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlariga alohida eʼtibor qaratildi.
Tadbirda O‘zbekiston eksportchi kompaniyalari tomonidan maxsus taqdimot o‘tkazildi. Unda to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, qurilish, kimyo va boshqa sanoat tarmoqlari mahsulotlarini yetkazib berish imkoniyatlari namoyish etildi.
O‘zbekistonlik tadbirkorlar eksport qilinadigan mahsulotlar turi, ishlab chiqarish quvvatlari, xalqaro sertifikatlash tizimlari haqida maʼlumot berib, Yevropa bozori bilan hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Latviya kompaniyalari vakillari o‘rtasida B2B formatida uchrashuvlar tashkil etildi. Muzokaralar davomida tomonlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish, mahsulotlarni yetkazib berish, logistika, qo‘shma distribyutorlik, O‘zbekiston mahsulotlarini Latviya logistika infratuzilmasi orqali Yevropa Ittifoqi bozorlariga olib chiqish imkoniyatini muhokama qildi.
Delegatsiya vakillari uchun Riga portiga tashrif uyushtirildi. Unda tadbirkorlar port infratuzilmasi, ombor majmualari imkoniyatlari, yuklarni saqlash va qayta ishlash sharoitlari, shuningdek, amaldagi transport-logistika mexanizmlari bilan tanishdi.
Muloqot yakunida tomonlar qo‘shimcha muzokaralar tashkil etish hamda savdo va logistika sohasidagi hamkorlikning aniq yo‘nalishlarini ishlab chiqish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Hindistonning nufuzli delegatsiyasi Toshkentda o‘tayotgan tibbiy texnologiyalar va farmatsevtika xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda








