Logo

Oʻzbekistonning xalqaro reytinglardagi oʻrni Misr OAV diqqat markazida

Avgust 14, 2023. 17:33 • 57 soniya

594
Oʻzbekistonning xalqaro reytinglardagi oʻrni Misr OAV diqqat markazida

QOHIRA, 14-avgust. /“Dunyo” AA/. Misrning yetakchi “Sada al-Balad” axborot agentligi veb-saytida “Oʻzbekiston ochiq maʼlumotlar reytingida dunyo boʻyicha 30-oʻringa koʻtarildi” sarlavhali maqola ingliz tilida eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Oʻzbekiston Open Data Inventory ochiq maʼlumotlar reytingida 70 ball toʻplagan holda dunyoda 30-oʻringa koʻtarildi, — deyiladi nashrda. — Ushbu natija respublikada ochiqlik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning yaqqol ifodasi hisoblanadi. Open Data Inventory ochiq maʼlumotlar reytingida dunyoning 195 mamlakati baholandi”.

Maqolada mazkur reytingda Oʻzbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi oʻrinni egallagani maʼlum qilingan.

“Jahon reytingida Qozogʻiston 51-, Qirgʻiziston 92-, Tojikiston 126- va Turkmaniston 195-oʻrinda qayd etilgan. 2022-yili Oʻzbekiston mazkur reytingda jahonning 192 davlati orasida 66 ball toʻplagani holda 40-oʻrinni egallagan edi”, — deb yozadi “Sada al-Balad”.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish