O'zbekiston va Portugaliya TIV rahbarlari telefon orqali muloqot chog'ida ikki davlat o'rtasidagi sheriklikni yana-da chuqurlashtirish tarafdori ekanliklarini tasdiqladilar
Iyul 02, 2025. 09:03 • 46 soniya
• 620
TOSHKENT, 2-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Portugaliya davlat va tashqi ishlar vaziri Paulo Ranjel bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Portugaliya davlat va tashqi ishlar vaziri Paulo Ranjel janoblari bilan samarali telefon muloqoti o'tkazdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – Suhbatimiz davomida ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, savdo, texnologiya va madaniy almashinuv yo'nalishlarida hamkorlik imkoniyatlarini o'rganish, shuningdek, umumiy mintaqaviy va global chaqiriqlarga yechim topish masalalarini muhokama qildik. Mamlakatlarimiz o'rtasidagi aloqalarni chuqurlashtirish hamda doimiy muloqot va hamkorlik orqali o'zaro anglashuvni mustahkamlashga sodiqligimizni yana bir bor tasdiqladik".
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Portugaliya TIV rahbarlari o'tgan yilning sentyabr oyida Nyu-Yorkdagi muzokaralar yakunlari bo'yicha ikki davlat o'rtasida Iqtisodiy hamkorlik to'g'risidagi bitimni imzolagan edilar.
"Dunyo" AA arxividan olingan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Braziliyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi
Venada “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” formatidagi birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston TIV rahbari Venada Gruziya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi