O‘zbekiston TIV rahbari Yaponiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi
May 01, 2026. 20:21 • 2 daq
• 455
TOSHKENT, 1-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Yaponiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Arfiya Eri bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Yaponiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Arfiya Eri xonim bilan mazmunli uchrashuv o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Suhbatimiz davomida kengaytirilgan strategik sheriklikni izchil rivojlantirish masalalarini muhokama qilib, oliy darajadagi tashrifda erishilgan kelishuvlarni amaliy natijalarga aylantirish bo‘yicha aniq choralarni belgilab oldik.
“Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti doirasida “yashil” taraqqiyot, savdo-iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirishni ustuvor vazifa sifatida qayd etdik.
Yaponiya bilan o‘zaro ishonchga asoslangan, uzoq muddatli va barqaror hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyormiz”.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi