Logo

O‘zbekiston va Ozarbayjon TIV rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish uchun mavjud imkoniyatlardan maksimal darajada samarali foydalanishga kelishib oldilar

Aprel 19, 2026. 11:30 • 2 daq

547
O‘zbekiston va Ozarbayjon TIV rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish uchun mavjud imkoniyatlardan maksimal darajada samarali foydalanishga kelishib oldilar

TOSHKENT, 19-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Antaliya shahrida Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov bilan samimiy va mazmunli uchrashuv bo‘ldi, ­­­– ­deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Suhbat davomida xalqlarimizni bog‘lab turuvchi mushtarak tarix, til va qadriyatlarga asoslangan do‘stlik, o‘zaro hurmat va ishonch rishtalari izchil mustahkamlanib borayotgani alohida taʼkidlandi.

Ikki tomonlama kun tartibining ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilib, o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da rivojlantirish masalalariga eʼtibor qaratdik.

Savdo, transport-logistika, energetika va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga kelishib oldik”.

“Dunyo” AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish