Yevropa va Markaziy Osiyo universitetlari rektorlari Samarqandda jam bo‘ladi
Fevral 01, 2026. 16:40 • 38 soniya
• 103
VARSHAVA, 1-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston diplomatlari “Perspektywy” taʼlim jamg‘armasi asoschisi hamda “IREG Academic Ranking and Excellence Observatory” prezidenti Valdemar Sivinski bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi universitetlari o‘rtasida taʼlim hamda ilmiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Xususan, muzokaralarning asosiy eʼtibor 2026 yil 13–14-aprel kunlari Samarqandda o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining texnika va tibbiyot universitetlari kongressi” tashkiliy masalalariga qaratildi.
Shuningdek, uchrashuvda qayd etilishicha, transport aloqalaridagi qulaylik Kongressda Yevropaning eng nufuzli universitetlari rektorlarining to‘liq tarkibda ishtirok etishini taʼminlashda hal qiluvchi omil bo‘lib xizmat qiladi.
Muzokaralar yakunida mazkur masalalar yuzasidan O‘zbekiston Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov nomiga tegishli takliflar va rasmiy maktub yo‘llandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
