O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri va AQSh davlat kotibining birinchi o‘rinbosari 2026 yilga mo‘ljallangan ikki tomonlama munosabatlar kun tartibini muhokama qildilar
Fevral 05, 2026. 15:16 • 37 soniya
• 97
TOSHKENT, 5-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Vashingtonda AQSh davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Kristofer Landau bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“AQSh Davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Kristofer Landau janoblari bilan samarali uchrashuv o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Muhokamalarimiz, eng avvalo, Oliy darajada erishilgan barcha kelishuvlarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini taʼminlash, yangi istiqbolli loyihalarni kengaytirishga qaratildi.
Shuningdek, 2026 yilga mo‘ljallangan ikki tomonlama kun tartibi yuzasidan fikr almashdik hamda O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi kengaytirilgan strategik hamkorlikni yanada mustahkamlashga bo‘lgan umumiy intilishlarimizni tasdiqladik”.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
