Logo

Litva ishbilarmon doiralari vakillari Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etishga katta qiziqish bildirmoqda

41
Litva ishbilarmon doiralari vakillari Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etishga katta qiziqish bildirmoqda

PANAVEJIS, 22-fevral. /“Dunyo” AA/. Litvaning Panevejis savdo-sanoat palatasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuvda palata prezidenti Sigitas Gaylyunas, shuningdek, qurilish, qishloq xo‘jaligi, transport, logistika, energetika va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan yetakchi kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, iqtisodiyotni liberallashtirish, sanoatni rivojlantirish, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash, xorijiy investorlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil maʼlumot berildi. Joriy yil iyun oyida bo‘lib o‘tadigan Toshkent xalqaro investitsiya forumi haqida ham maʼlumot berildi.

Shuningdek, joriy yil iyun oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Toshkent xalqaro investitsiya forumiga alohida eʼtibor qaratildi va tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Ular mazkur forum O‘zbekistonning iqtisodiy va sarmoyaviy salohiyatini namoyish etish, shuningdek, xorijiy va mahalliy kompaniyalar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish uchun muhim xalqaro platforma sifatida qayd etdilar.

Sigitas Gaylyunasning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Litva ishbilarmon doiralari O‘zbekistonning jadal rivojlanishini diqqat bilan kuzatmoqda va o‘zbek kompaniyalari bilan aloqalarni o‘rnatish, shuningdek, qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda. Shu munosabat bilan palata rahbari litvalik tadbirkorlarning Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirokini tashkil etishga tayyorligini bildirdi.

Tadbir yakunida shu yilning may-iyun oylarida Litva ishbilarmon doiralari vakillarining O‘zbekistonga biznes missiyasini tashkil etish masalasini ishlab chiqish, shuningdek, O‘zbekiston tomoni bilan mazmunli muzokaralar o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish