Logo

O‘zbekiston elchisi Polshaning Mazoviya voyevodaligi marshali bilan kelishuvlarga erishdi

Fevral 22, 2026. 16:20 • 40 soniya

40
O‘zbekiston elchisi Polshaning Mazoviya voyevodaligi marshali bilan kelishuvlarga erishdi

VARSHAVA, 22-fevral. /“Dunyo” AA/. Polshadagi elchixona diplomatlari Mazoviya voyevodaligi marshali (hokim) Adam Struzik bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Suhbat jarayonida o‘zaro hamkorlik asosida O‘zbekiston va Polsha hududlarida tashkil etilayotgan logistika markazlarini ishga tushirish mexanizmlarini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

Istisno tariqasida faqat O‘zbekiston yuk tashuvchilari uchun chegara o‘tish punktlarida alohida koridor tashkil etish masalasini Polsha infratuzilma vazirligi tomonidan ko‘rib chiqilishida ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Uchrashuv davomida shu yil 23–26-fevral kunlari Polsha sanoat armaturasi uyushmasi (SPAP) prezidenti boshchiligidagi missiya doirasida biznes-forum o‘tkazish hamda mart oyida Polsha Milliy iqtisodiyot banki hamkorligida ikki davlat o‘rtasida energetika forumini tashkil etish yuzasidan ham kelishuvlar bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, ikki tomonlama biznes-missiya, ko‘rgazma va madaniyat kunlarini tashkil etish masalalarida fikr-mulohazalar almashildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish