Qozog‘istonning Aktobe viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor konsullik qabuli tashkil etildi
Fevral 09, 2026. 09:00 • 38 soniya
• 108
AKTOBE, 9-fevral. /“Dunyo” AA/. Qozog‘istonning Aktobe shahrida doimiy va vaqtincha bo‘lib turgan vatandoshlar ishtirokida O‘zbekistonning Oqtov shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari sayyor konsullik qabuli tashkil etdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Qabul davomida 2020-yildan buyon og‘ir ahvolda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Z.Ye.ning holati atroflicha o‘rganildi. Maʼlum bo‘lishicha, u 2019-yilda vaqtincha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish uchun Aktobe viloyatiga kelgan va sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli viloyatda qolgan.
Shuningdek, hamyurtimizning Qozog‘istonda vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish va pasportining amal qilish muddati tugashini hisobga olgan holda Bosh konsulxona va Migratsiya agentligi tomonidan vatanga qaytish guvohnomasini rasmiylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatildi.
Sayyor qabul doirasida Aktobe shahriga kela olmagan fuqarolarga masofaviy ravishda zarur maʼlumotnomalar va konsullik xizmatlari taqdim etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
