Budapeshtda atom energetikasi sohasidagi O‘zbekiston–Vengriya hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Fevral 09, 2026. 09:20 • 42 soniya
• 28
BUDAPESHT, 9-Budapeshtda atom energetikasi sohasidagi O‘zbekiston–Vengriya hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Vengriyadagi elchixonasida Vengriyaning “MVM EGI Zrt” kompaniyasi bosh direktori Peter Karpati bilan uchrashuv tashkil etildi. deb xabar “Dunyo” AA bermoqda.
Muloqot davomida O‘zbekistonda qurilayotgan atom elektr stansiyasida quruq sovitish texnologiyasini joriy etish loyihasining amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.
Vengriya tomoni ishlarning borishi yuqori darajada ekanligini taʼkidlab, loyihaning izchil va samarali tarzda ilgari surilayotganini alohida qayd etdi.
Shu bilan birga, loyihani amaliy bosqichga o‘tkazish uchun uch tomonlama bitimni imzolashni tezlashtirish maqsadga muvofiqligi taʼkidlandi.
Uchrashuv yakunida, kompaniya rahbari “MVM” guruhi O‘zbekiston bozoriga kirishdan manfaatdor ekanligini va mamlakatda yirik va uzoq muddatli strategik hamkor sifatida ishtirok etishni ko‘rib chiqayotganini maʼlum qildi. Shuningdek, u kompaniya investitsiya loyihalari bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
