O‘zbekiston bosh konsuli Novosibirsk shahridagi Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazida saqlanayotgan 19 nafar vatandoshimiz bilan videokonferensiya orqali muloqot o‘tkazdi
Mart 14, 2026. 10:30 • 2 daq
• 102
NOVOSIBIRSK, 14-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston bosh konsuli Aslam Akbarov Rossiya Ichki ishlar vazirligining Novosibirsk viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazida saqlanayotgan 19 nafar vatandoshimiz bilan videokonferensaloqa orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Fuqarolarimiz bilan o‘tkazilgan suhbatlar davomida ularning 18 nafari mehnat shartnomalari va patentlarini rasmiylashtirish, mehnat faoliyatini amalga oshirish muddatlarini buzganligi, shuningdek, Rossiya hududida qonuniy bo‘lish uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish tartibiga rioya qilmaganligi sababli ushbu markazda ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Bosh konsul tomonidan fuqarolarimizga Markazda bo‘lish qoidalariga rioya qilish bo‘yicha tavsiyalar berilib, ularni saqlash, ovqatlanish sharoitlari va tezroq vatanga qaytish imkoniyatlari bo‘yicha iltimos va istaklari tinglandi.
Bosh konsulxona va mazkur markaz o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlik natijasida 18 nafar fuqarolarimizga 2026-yil 16, 18 va 19-mart kunlari O‘zbekistonga amalga oshiriladigan aviaqatnovlarga chiptalar sotib olish bo‘yicha tezkor kelishuvga erishildi.
O‘zbekiston fuqarolari Bosh konsulxona tomonidan ko‘rsatilgan e’tibor uchun alohida minnatdorlik bildirib, Xorijiy fuqarolarni vaqtincha saqlash markazi xodimlari ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lishini ta’kidladilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi