Logo

Rossiyaning Leningrad viloyatidagi vatandoshlar iftorlik dasturxoni atrofida jamlandi

Fevral 27, 2026. 12:54 • 49 soniya

50
Rossiyaning Leningrad viloyatidagi vatandoshlar iftorlik dasturxoni atrofida jamlandi
Rossiyaning Leningrad viloyatidagi vatandoshlar iftorlik dasturxoni atrofida jamlandi
Rossiyaning Leningrad viloyatidagi vatandoshlar iftorlik dasturxoni atrofida jamlandi
Rossiyaning Leningrad viloyatidagi vatandoshlar iftorlik dasturxoni atrofida jamlandi

SANKT-PETERBURG, 27-fevral. /“Dunyo” AA/. Muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan vatandoshlar uchun iftorliklar o‘tkazilmoqda, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xususan, Leningrad viloyatida joylashgan Kingisepp mashinasozlik zavodida mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan bu yerda mehnat qilayotgan yuzdan ziyod vatandoshlar uchun iftorlik tashkil etildi

Uchrashuvda Bosh konsulxona va Migratsiya agentligi xodimlari konsullik okrugi hududidagi migratsiya qonunchiligiga oid so‘nggi o‘zgarishlar haqida maʼlumot berdi, konsullik-huquqiy yordam olish tartib qoidalari haqida to‘xtalib o‘tdi.

Vatandoshlarimizga Namangan viloyati “Obid kori” masjidi imom-xatibi Ilyosxon Sobitov maʼruza qildi. Imom-xatib muborak Ramazon oyini munosib tarzda nishonlash, iftorliklarni milliy anʼana va qadriyatlarga mos tarzda o‘tkazish, islom dinining insonparvarlik mohiyati, o‘zaro ahillik, saxovat va shukronalik g‘oyalari haqida to‘xtalib o‘tdi.

Ilyosxon Sobitov hamyurtlarning diniy mavzuda qiziqtirgan savollariga batafsil javob berdi hamda diniy maʼlumotlarni faqat rasmiy va ishonchli manbalardan olish zarurligini taʼkidladi.

Yurtdoshlarimiz ularga ko‘rsatilayotgan eʼtibor va g‘amho‘rlikdan mamnun ekanini izhor qildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish