Eronda qiyin ahvolda qolgan hamyurtimiz O‘zbekistonga qaytarildi
Fevral 03, 2026. 11:10 • 27 soniya
• 119
TEHRON, 3-fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari ko‘magida Eron hududida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan hamyurtimiz vatanga qaytarildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘zbekiston fuqarosi hujjatlar bilan bog‘liq muammo va og‘ir moliyaviy ahvol tufayli diplomatik vakolatxonaga murojaat qilgan. Elchixona xodimlari zudlik bilan uning qaytarilishini tashkil etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rdi.
Eron rasmiylari bilan hamkorlikda xorijga chiqish vizasi rasmiylashtirildi. Eronning “Zagros Air” aviakompaniyasi bilan muzokaralar o‘tkazilib, natijasi bo‘yicha Tehron–Toshkent to‘g‘ridan-to‘g‘ri reysi uchun aviachipta imtiyozli shartlarda sotib olindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
