Logo

O‘zbekiston–Britaniya o‘rtasida ikki davlat diplomini berish masalasi ko‘rib chiqildi

Mart 27, 2026. 18:40 • 2 daq

102
O‘zbekiston–Britaniya o‘rtasida ikki davlat diplomini berish masalasi ko‘rib chiqildi

LONDON, 27-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Kasbiy ta’lim agentligi va Buyuk Britaniyaning “Harrow, Richmond and Uxbridge Colleges” ta’lim tashkiloti o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Bu uchrashuv O‘zbekiston va Britaniya o‘rtasida kasbiy ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “HRUC” Buyuk Britaniyada qo‘shimcha ta’lim sohasida yetakchi muassasalardan biri hisoblanadi. U 1965-yilda tashkil etilgan bo‘lib, turli sohalar bo‘yicha sifatli ta’lim dasturlari va kurslar taklif qiladi.

Uchrashuv davomida tomonlar kasbiy ta’lim dasturlarini takomillashtirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Xususan, talabalarga ikki davlat diplomini berish imkoniyatlari haqida fikr almashildi.

Britaniya mehnat bozori talablariga mos malakali kadrlar tayyorlash, ularni xalqaro bozorga chiqarish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va zamonaviy ta’lim standartlarini joriy etishga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar pilot loyihalarni yo‘lga qo‘yish va hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish