O‘zbekiston–Ozarbayjon diplomatik munosabatlarining 30 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil etildi
Yanvar 15, 2026. 16:52 • 42 soniya
• 74
BOKU, 15-yanvar. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Bokudagi elchixonasi hamda O‘zbekistonning Ozarbayjondagi madaniyat elchisi Gunay Afendiyeva tashabbusi bilan “Ipak yo‘lida do‘stlik” xalqaro onlayn ko‘rgazmasi tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
1995-yilda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi Protokol imzolangan. 1996-yildan boshlab Toshkentda Ozarbayjon elchixonasi faoliyat yuritgan. Boku shahridagi O‘zbekiston elchixonasi esa 1998-yildan eʼtiboran ish boshlagan.
Bugungi kunda Ozarbayjonda O‘zbekiston investitsiyasi ishtirokidagi 120 ga yaqin tijorat tashkiloti ro‘yxatdan o‘tgan holda, iqtisodiyotning turli tarmoqlari, jumladan sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish, transport va xizmat ko‘rsatish sohalarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.
O‘tkazilgan mazkur ko‘rgazma ham O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida o‘tkazilmoqda.
Ushbu loyiha sanʼat orqali O‘zbekiston va Ozarbayjon xalqlarining umumiy tarixiy-madaniy xotirasi hamda badiiy tafakkurini namoyon etishga qaratilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi