Xalqaro jarrohlik guruhi Orolbo'yida bemorlarni bepul davolashni amalga oshiradi
Aprel 30, 2025. 10:11 • 2 daq
• 896
TOSHKENT, 30-aprel. /"Dunyo" AA/. Toshkent shahrida O'zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova hamda sog'liqni saqlash vaziri birinchi o'rinbosari Davron Sultonov "Al-Amal" xalqaro jarrohlik guruhi rahbari Hishom Burizq va Kuvaytning "Shayx Abdulloh an-Nuriy" xayriya tashkiloti rahbari Abdulatif az-Zafiri bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
TIV ma'lumotiga ko'ra, uchrashuv davomida salkam 500 nafar bemorni bepul diagnostika va davolashni o'z ichiga olgan navbatdagi gumanitar missiyaning maqsadlari muhokama qilindi. Tomonlar aholining salomatligini mustahkamlash va zamonaviy tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi tashabbusning ahamiyatini ta'kidladilar.
Mazkur insonparvarlik missiyasining Qoraqalpog'iston uchun muhim ahamiyatga egaligi, loyiha esa nafaqat aholi salomatligini mustahkamlash, balki mamlakatlar o'rtasida sog'liqni saqlash sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishi ta'kidlandi. Uchrashuvda tashkiliy masalalar, bo'lajak operatsiyalarni rejalashtirish, shuningdek, tibbiyot sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.
Suhbat chog'ida tomonlar uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga, jumladan, qo'shma tibbiy dasturlarni amalga oshirish, o'quv tadbirlarini o'tkazish hamda ikki davlat mutaxassislari o'rtasida tajriba almashishga qiziqish bildirdilar.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova 15 aprel kuni Al-Kuvayt shahrida "Shayx Abdulla an-Nuriy" xayriya tashkiloti menejeri Abdullatif az-Zafiriy bilan uchrashgan edi. Unda shu yil 28-apreldan 6-mayga qadar Qoraqalpog'istonga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan "Al-Amal" xalqaro jarrohlik guruhining (HOPE) insonparvarlik missiyasiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi