Afg'oniston OAV: Toshkentda Markaziy Osiyo davlatlarining Afg'oniston bo'yicha maxsus vakillarining ilk uchrashuvi bo'lib o'tdi
Avgust 27, 2025. 20:33 • 54 soniya
• 29
MOZORI-SHARIF, 27-avgust. /"Dunyo" AA/. Afg'oniston ommaviy axborot vositalarida joriy yilning 26-avgust kuni Toshkentda O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tashkil etilgan Markaziy Osiyo davlatlarining Afg'oniston bo'yicha maxsus vakillarining birinchi uchrashuvini keng yoritmoqda, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

Jumladan, "Afghanpaper.com" elektron saytida e'lon qilingan maqolada Toshkentdagi majlisda Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va O'zbekiston vakillari Afg'onistondagi mavjud vaziyat va qo'shma hamkorlik istiqbollarini muhokama qilgani ta'kidlangan.
Uchrashuv mustaqil aloqa guruhi sifatida tashkil etilgani, undan ko'zlangan maqsad esa Afg'onistonning imkoniyatlari va muammolarini o'rganish va ularga mintaqaviy hamkorlikda yechim topish ekanligi urg'ulangan.
"Muloqotda xavfsizlik sohasida hamkorlik zarurligi, savdo va tranzit aloqalarini tiklash, madaniy taraqqiyot va gumanitar faoliyat kabi masalalar muhokama qilindi. Markaziy Osiyo davlatlari vakillari Afg'onistonda barqaror tinchlikni ta'minlash bo'yicha qo'shma strategiyalarni ishlab chiqish zarurligini ma'lum qildilar", – deb yozilgan.
Afg'oniston elektron nashri, shuningdek, mazkur aloqa guruhining tashkil etilishi qo'shni davlatlarning Afg'onistondagi vaziyatni rivojlantirishdagi rolini oshirish va mamlakatdagi beqarorlikning mintaqa uchun oqibatlarini yumshatish yo'lidagi yangi qadam bo'lishi mumkinligini alohida urg'ulagan.
"Dunyo" AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
“OIC Journal”: O‘zbekistonning qadimiy shaharlaridagi har bir toshda uzoq tarix mujassam
O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik munosabatlari Pokiston OAV diqqat markazida