Saudiya Arabistoni OAV O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi axborot texnologiyalari sohasidagi hamkorlik haqida yozmoqda
Sentabr 11, 2025. 06:14 • 2 daq
• 43
AR-RIYOZ, 11-sentabr. /"Dunyo" AA/. Saudiya Arabistonining "Al Harir" gazetasi saytida "Raqamli iqtisodiyot va innovatsiya: O'zbekiston-Xitoy hamkorligidagi yangi bosqich" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"O'zbekiston so'nggi 8 yilda jahonning barcha davlatlari bilan teng hamkorlik qilish, har sohada zamonaviy tendensiyalarni o'zlashtirish, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish va aholi farovonligini oshirishga katta e'tibor qaratmoqda", – deb yozilgan maqolada.
O'zbekiston Prezidenti ta'kidlaganidek, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari rivoji barcha sohalarning jadal taraqqiyotiga xizmat qiladi, odamlarga qulaylik yaratadi.
Hozirgi zamonda xizmatlarning katta qismi axborot texnologiyalari orqali ko'rsatilyapti. Boshqa sohalarning ham samaradorligi shunga bog'liq. Shuning uchun bu yerdagi sharoitlarni kengaytirib, zamonaviy axborot texnologiyalari xabiga aylantirish kerak.
Nashrda ta'kidlanishicha, mazkur yo'nalishda ham xalqaro hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. O'zbekistonda raqamlashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli ta'lim, telekommunikatsiya, sun'iy intellektga mas'ul tashkilot sifatida Raqamli texnologiyalar vazirligi bu borada aniq maqsad va rejalarni belgilab olgan holda faoliyat yuritib kelmoqda. Vazirlik AQSH, Rossiya, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Qozog'iston, Turkmaniston, Tojikiston, Ozarbayjon kabi xorijiy davlatlar bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o'rnatgan bo'lib, Xitoy alohida o'rin tutadi.
Hozirgi kunda Xitoy bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ikki tomonlama hamkorlik 10ga yaqin kelishuvlar asosida amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, "BYD Auto Industry Company" bilan birgalikda O'zbekiston Respublikasi hududida yetkazib beriladigan avtomashinalar uchun bulut xizmati tashkil etildi.
"O'zbekiston pochtasi" Xitoyning AliExrress, TEMU kabi bozorlaridan 2025 yilning 6 oyi davomida 226 tonnadan ortiq pochta jo'natmalari yetkazib berdi. Ayni paytda mamlakatlarimiz o'rtasida pochta jo'natmalari hajmini oshirish maqsadida Xitoyning tayinlangan operatori "China Post" bilan o'zaro manfaatli hamkorlikning yangi yo'nalishlari muhokama qilinmoqda", – deyilgan "Al Harir" maqolasida.
Maqola "Bugungi kunda dunyoning eng rivojlangan davlatlaridan biri hisoblangan Xitoy bilan raqamlashtirish, AKT, telekommunikatsiya, sun'iy intellekt, pochta aloqasi va raqamli ta'lim yo'nalishidagi ikki tomonlama manfaatli hamkorlik aloqalari kelgusida ham davom ettirilishi rejalashtirilgan", – degan so'zlar bilan yakunlangan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi