Logo

Turkmaniston matbuoti O'zbekiston bilan iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi haqida yozmoqda

Yanvar 21, 2024. 14:25 • 50 soniya

105
Turkmaniston matbuoti O'zbekiston bilan iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi haqida yozmoqda

ASHXOBOD, 21-yanvar. /"Dunyo" AA/. Turkmanistonning ommabop "SalamNews" axborot portalida «2023-yilda Turkmaniston va O'zbekiston savdo aylanmasi 1 milliard AQSh dollaridan oshdi» sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Axborot portalining O'zbekiston Statistika agentligi ma'lumotlariga tayanib yozishicha, 2023-yilda ikki mamlakat o'rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 1 milliard dollardan oshgan. Ushbu ko'rsatkich 2017-yildagi tovar ayirboshlash hajmidan besh baravar ko'proqdir.

«Turkmaniston O'zbekistonning savdo hamkorlari orasida oltinchi o'rinni egallaydi», - deyiladi maqolada.

Qayd etilishicha, Ashxobod va Toshkent Turkmanistonning Toshhovuz viloyati va O'zbekistonning Xorazm viloyatiga tutash hududni qamrab oladigan transchegaraviy savdo zonasini yaratishga kelishib olgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish