Turkmaniston OAV: O'zbekistonning kurort zonalarida sayyohlar uchun duty free do'konlari ochiladi
Yanvar 19, 2024. 19:06 • 1 daq
• 124
ASHXOBOD, 19-yanvar. /"Dunyo" AA/. Turkmanistonning "SalamNews" axborot portalida «O'zbekistonning kurort zonalarida sayyohlar uchun duty free do'konlari ochiladi» sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

«Xorijiy sayyohlar uchun O'zbekistondagi kurort zonalarda duty free do'konlari ochiladi. U yerdagi savdo avtomatlaridan qimmatbaho metall sotib olish mumkin bo'ladi, – deb yozadi axborot portali. – Qayd etilishicha, O'zbekiston Prezidenti «Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarorni imzolagan. Shunday qilib, boj olinmaydigan savdo do'konlari (duty free) hamda mashhur xalqaro brendlarning chakana savdo do'konlaridan iborat yirik savdo majmualari (Luxury tourism village) quriladi».
"SalamNews"ning eslatishicha, 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida O'zbekistonga tijoriy maqsadlarda 61,1 ming nafar chet el fuqarolari kelgan, ularning eng ko'pi Turkmanistondan bo'lgan – 39,3 ming nafar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi