Logo

Birlashgan Arab Amirliklarining Xalifa universiteti delegatsiyasi O'zbekistonda bo'lib o'tadigan universitetlar forumida ishtirok etmoqchi

Oktabr 14, 2024. 07:56 • 2 daq

177
Birlashgan Arab Amirliklarining Xalifa universiteti delegatsiyasi O'zbekistonda bo'lib o'tadigan  universitetlar forumida ishtirok etmoqchi

ABU-DABI, 14-oktabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston diplomatlari Birlashgan Arab Amirliklarining Xalifa universiteti prezidenti Ibrohim ol Hajriy bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.



Dastlab O'zbekiston elchisi Abdulaziz Aqqulov universitet qoshida faoliyat yuritayotgan laboratoriyalar ishi bilan tanishdi. Unda turli sohalarda, jumladan, qishloq xo'jaligi, iqlim, robotsozlik, sun’iy idrok, tibbiyot yo'nalishlarida amalga oshirilayotgan yuqori texnologiyali loyihalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Muloqot chog'ida O'zbekiston oliy ta’lim muassasalari bilan akademik aloqalarni kengaytirish, Xalifa universiteti filialini yurtimizda ochish xususida fikr almashildi.

Universiteti prezidenti Ibrohim ol Hajriy O'zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan o'zgarishlarni yuqori baholab, Xalifa universiteti mamlakatimizdagi tegishli oliy ta’lim maskanlari bilan o'zaro hamkorlik aloqalarini jadallashtirishdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi.

Hozirgi vaqtda o'zbekistonlik ikki nafar talaba Xalifa universitetida malaka oshirayotgani va 7 nafar nomzodning kelgusi semestrda tahsil olishi ko'rib chiqilayotgani bildirildi.

Ibrohim al Hajriy universitet delegatsiyasi joriy yil 15 -18-oktabr kunlari safar bilan O'zbekistonga borishini tasdiqladi. Safar doirasida "Times Higher Education" tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan universitetlar forumida ishtirok etish va qator ikki tomonlama uchrashuvlar o'tkazish rejalashtirilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish