Qohirada parrandachilik sohasidagi O'zbekiston-Misr biznes-forumi va B2B shaklidagi muzokaralar o'tkazildi
Noyabr 08, 2024. 12:22 • 2 daq
• 286
QOHIRA, 8-noyabr. /"Dunyo" AA/. Shu yilning 6-7-noyabr kunlari Qohirada parrandachilik sohasidagi O'zbekiston-Misr biznes-forumi va B2B shaklidagi muzokaralar o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mamlakatimiz elchixonasi ma'lumotiga ko'ra, tadbirlarda O'zbekistondan "Parrandasanoat" uyushmasi, "Yetti Xazina", "Uychi Parranda", "Chinor Biznes Group", "Mega White Parranda", "Jizzakh Poultry", "Sharof Rashidov nomidagi parrandachilik xo'jaligi" MCHJ, "Andijon Parranda Broyler", "Chicken Meat Line", "Chiroqchi Istiqlol parrandachilik", "Oqtosh parranda", "Gulobod boli parranda", "Vodiy naslli parranda", "Sangzor-Parranda", "Sammotrid parranda", "Baraka Hamkor Parranda", "Navobod Naslli Parranda" kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi.
O'zbekiston vakillari Misrning yirik vaksina ishlab chiqaruvchi "Mevac" kompaniyasining parrandachilik sohasidagi ilg'or xalqaro tajribasini o'rganishdi va vaksina ishlab chiqarish obyektlariga tashrif uyushtirildi.
Qohiradagi "IGLS" transport-logistika kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Muhammad Foda bilan o'tkazilgan uchrashuvda o'zbek parrandachilik mahsulotlarini Misr bozoriga eksport qilish bilan bog'liq masalalar xususida fikr almashildi.
Tadbirlar doirasida vaksina sohasida hamkorlik qilish, tezkor logistika yo'nalishlaridan foydalanish, tovarlar eksporti bo'yicha kelishuvlarga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi