Polshada og‘ir xastalikka chalingan yurtdoshimiz vatanimizga qaytarildi
Mart 12, 2026. 09:30 • 59 soniya
• 172
VARSHAVA, 12-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi tomonidan fuqarolar bilan o‘tkazilgan navbatdagi konsullik qabuli davomida Samarqand viloyatida tug‘ilgan fuqaro R.M bilan muloqot o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Suhbat davomida vatandoshimiz 2023-yil aprel oyida Polsha Respublikasiga ishchi vizasi asosida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida kelganini ma’lum qildi.
Hozirga qadar u og‘ir kasallikka chalingan bo‘lib, Polshadagi tibbiy muassasalardan birida davolangan.
Shu munosabat bilan hamyurtimiz Vatanga qaytish hamda O‘zbekistonda davolanishini tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatishni so‘rab murojaat qilgan.
Fuqaroning murojaatini inobatga olgan holda, O‘zbekiston Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rildi. Xususan, fuqaroning Vatanga qaytishi uchun aviachipta xarid qilinib, uchishgacha bo‘lgan davrda vaqtinchalik yashash joyi bilan ta’minlandi.
11-mart kuni fuqaro R.M. Varshava-Toshkent reysi bilan vataniga jo‘nab ketgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi