Logo

Ramazon oyi munosabati bilan Kimxeda iftorlik dasturxoni yozildi

Mart 19, 2026. 15:56 • 2 daq

78
Ramazon oyi munosabati bilan Kimxeda iftorlik dasturxoni yozildi

KIMXE, 19-mart. /“Dunyo” AA/. Muborak Ramazon oyi munosabati bilan O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Janubiy Koreyaning Kimxe shahridagi vatandoshlar uchun iftorlik dasturxoni yozildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ushbu xayrli tadbir xorijda mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan yurtdoshlarimizdan xabar olish, ular bilan samimiy muloqot o‘rnatish hamda muammo va takliflarini o‘rganishga qaratilgan ezgu ishlarning amaliy ifodasi bo‘ldi.

Tadbirda Kimxe shahri va atrof hududlarda faoliyat yuritayotgan 100 nafardan ortiq vatandoshlar hamda Andijon viloyatidagi “Eski gumbaz” masjidi imom-xatibi Botirjon Tajiboyev ishtirok etdi.

Elchixona diplomatlari uchrashuv davomida xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan muntazam muloqot qilish, ularning huquqlarini himoya qilish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanini alohida ta’kidladir.

Imom-xatib Botirjon Tajiboyev musofirchilik sinovlari, milliy va diniy qadriyatlarga sodiq qolish hamda yot g‘oyalar ta’siridan ehtiyot bo‘lish kabi muhim masalalarda ma’ruza qildi.

Zuhriddin Kamoliddinov, talaba:

— Xorijda tahsil olayotgan yoshlarga ko‘rsatilayotgan bunday g‘amxo‘rlik biz uchun katta motivatsiya. Bu uchrashuv nafaqat iftorlik, balki Vatan bilan bog‘liqlikni chuqur his qilish imkonini berdi. Kelajakda olgan bilimimizni yurtimiz taraqqiyotiga sarflaymiz.

Tadbir yuqori saviyada, ko‘tarinki kayfiyat va samimiy muhitda o‘tdi. Bu kabi muloqotlar Vatan bilan aloqalarni mustahkamlashga hamda yurtimizdagi islohotlardan faxrlanish tuyg‘usini uyg‘otishga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish