Logo

“The Korea Herald” gazetasi: O‘zbekistonda xalqaro hamjamiyat e’tirof etgan mega-loyiha ishga tushdi

Mart 19, 2026. 13:00 • 2 daq

97
“The Korea Herald” gazetasi: O‘zbekistonda xalqaro hamjamiyat e’tirof etgan mega-loyiha ishga tushdi

SEUL, 19-mart. /“Dunyo” AA/. Janubiy Koreyaning yetakchi nashri — “The Korea Herald” gazetasida “Islom sivilizatsiyasi markazi: xalqaro hamjamiyat e’tirof etgan megaloyiha” sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Maqolada Toshkentda barpo etilgan ushbu markaz nafaqat O‘zbekistonning, balki butun musulmon olamining intellektual boyligini dunyoga namoyish etuvchi strategik maskan sifatida ta’riflangan.

Nashrda yozilishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilgan ushbu bunyodkorlik loyihasi Yangi O‘zbekistonning madaniy va ilmiy tiklanish borasidagi qat’iy qadamlaridan dalolat beradi.

Materialda ushbu markazning bir vaqtning o‘zida ham muzey, ham yirik ilmiy-tadqiqot instituti, ham nodir qo‘lyozmalar xazinasi sifatida faoliyat yuritishiga alohida e’tibor qaratilgan. Majmua tarkibidagi raqamlashtirish laboratoriyalari va kutubxona fondi Markaziy Osiyodan yetishib chiqqan buyuk allomalar — Ibn Sino, Al-Xorazmiy, Mirzo Ulug‘bek va Imom Buxoriylarning ilmiy merosini zamonaviy texnologiyalar yordamida kelgusi avlodlarga yetkazishda beqiyos rol o‘ynaydi.

Janubiy Koreya nashri Markazning xalqaro miqyosdagi ochiqligini yuqori baholagan. Xususan, loyihani tayyorlash jarayoniga Fransiya, Italiya va Germaniya kabi davlatlardan yetakchi mutaxassislarning jalb etilishi, YUNYESKO va IHT bilan o‘rnatilgan yaqin hamkorlik markazning xalqaro maqomga ega ekanini tasdiqlaydi.

Maqola xulosasida aytilishicha, O‘zbekiston ushbu megaloyiha orqali islom dinining asl mohiyati — tinchlik, ma’rifat va bag‘rikenglik ekanini butun dunyoga namoyish etmoqda. Islom sivilizatsiyasi markazi turli madaniyatlar va dinlar o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlovchi global ko‘prikka aylanmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish