Vengriya bilan sanʼat sohasidagi hamkorlik rivojlantiriladi
Fevral 26, 2026. 09:36 • 2 daq
• 241
BUDAPESHT, 26-fevral. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriya teatr va kino sanʼati universiteti rektori, professor Enikyo Sepshi bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muloqot davomida tomonlar akademik almashinuvni chuqurlashtirish, qo‘shma taʼlim dasturlarini amalga oshirish, ijodiy va ilmiy loyihalarni tashkil etish istiqbollarini muhokama qildi. O‘zbekistonlik talabalarning grant va stipendiya dasturlari asosida Vengriya universiteti o‘quv kurslarida ishtirok etishi, o‘qituvchilar almashinuvi hamda qo‘shma doktorantura loyihalarini ishga tushirish imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratildi.
Professor Enikyo Sepshi shu yilning mart oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan III O‘zbekiston–Vengriya rektorlar forumida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurishini taʼkidladi. Shuningdek, u O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti bilan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolashdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Tomonlar qo‘shma madaniy tashabbuslar, ijodiy mahorat darslarini tashkil etish hamda ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari bilan kelgusidagi muzokaralarni o‘tkazish masalalarini ham ko‘rib chiqdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi